Ishlanmaydigan kunlarni 11-maygacha uzaytirgan Putin Jek Londonni nega esladi?

04:38 29 Aprel 2020 Dunyo
1196 0

Kecha RF prezidenti mamlakat aholisiga navbatdagi murojaat bilan chiqdi. Unda qator muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.

Xususan, Rossiyada dam olish kunlari 11-mayga qadar uzaytirildi. Oʻz navbatida hududiy subyektlar rahbarlariga berilgan qoʻshimcha vakolatlar saqlanib qoldi. Cheklovlarni birdaniga olib tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi. RF rahbari 12-maydan keyin cheklovlar rejimidan bosqichma-bosqich chiqish rejasini 5-maygacha tayyorlash topshirigʻini berdi. Hukumat biznes va fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi choralar paketini ishlab chiqadi. Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini keng miqyosda normallashtirish boʻyicha milliy reja yaratiladi.

Putin epidemiyani sekinlatishning uddasidan chiqilgani, ammo uning choʻqqisi hali ortda qolmaganini ham aytib oʻtdi. Chunki Rossiyada virusni yuqtirish holatlari yuqori chegarasiga chiqyapti.

Maʼlumki, RFda koronavirus tarqalishi munosabati birinchi marta 30-martdan 5 aprelgacha boʻlgan muddat ishlanmaydigan kunlar deya eʼlon qilingandi. Keyin 2-aprel kungi murojaatda mazkur muddat 30-aprelga qadar uzaytirildi.

Putin bu galgi murojaatda ishlanmaydigan kunlarni 11-mayga qadar uzaytirdi. Shu jumladan, 6,7 va 8 kunlar oylik ish haqlari saqlanib qoladigan dam olish kunlari deb eʼlon qilindi.

Eʼtiborolisi, televideniye orqali toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya qilingan ushbu yigʻilishni yakunlar ekan RF rahbari Sparta va Jek Londonning hikoyasini eslab oʻtdi:

“Jek Londonning oʻta taʼsirli va odamni yigʻlatadigan “Hayot qonuni“ degan hikoyasi bor. Unda gap bir qabila ortiqcha yukka aylangan qariyalarini qarovsiz yerga tashlab ketishi haqida boradi. Farzandlar ota-onalariga ozgina yemish berib, ularni yovvoyi hayvonlar bilan yolgʻiz qoldirib, oʻlimga tashlab ketishadi. Bir keksa otaxon esa gulxan atrofida yolgʻiz qolib, farzandlari kelishini oxirigacha umid bilan kutadi.

Siz bizning ota-onalarimiz, buvilarimiz, bobolarimizga nisbatan ham xuddi shu hikoyadagidek munosabatda boʻlishimizni tasavvur qila olasizmi? Bunday boʻlishiga hech qachon ishonmayman. Chunki bu bizning genetik kod emas“.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер