Ishga kirishda dastlabki sinov muddati qancha vaqt davom etadi?
Xodimlarga ishga kirishda ishga mosligini tekshirish hamda ishni davom ettirishga xodim qaror qilishi uchun dastlabki sinov qoʻllanilishi mumkin.
Dastlabki sinov muddati 3 oydan, tashkilotlarning rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, bosh buxgalterlar hamda tashkilotlar alohida boʻlinmalarining rahbarlari uchun esa 6 oydan oshmasligi kerak.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim haqiqatda ishda boʻlmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga qoʻshilmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring