Ish staji va ish xaqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar raqamlashtirilgan fuqarolarga faqat pasport yoki ID-karta bilan davlat pensiyasi tayinlanishi mumkin
Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boshqarma boshligʻi Kamoliddin Hojibekov maʼlum qildi.
Maʼlumotlar toʻliq yoki qisman raqamlashtirilgan, mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolar ish joyida kadrlar boʻlimiga murojaat qilib, mehnat daftarchasi hamda diplom maʼlumotlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” (YMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishni talab qilishingiz hamda toʻgʻri kiritilganligi boʻyicha tekshirib chiqishingiz soʻraladi.
Mehnat faoliyatini tugatgan fuqarolar istalgan Bandlikka koʻmaklashish markazlariga murojaat qilishi hamda mehnat daftarchasidagi maʼlumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” (YMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish xizmatidan foydalanish huquqiga ega. (Ushbu xizmat bepul amalga oshiriladi).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring