“iPhone 14”ni ishlab chiqarishda titandan foydalaniladi

15:53 27 Iyul 2021 Dunyo
1220 0

“iPhone 14”ni “Pro” versiyasini ishlab chiqarishda zanglamaydigan poʻlat oʻrniga titandan foydalaniladi.

Bu haqda “JP Morgan Chase” xolding kompaniyasi investorlarining hisobotiga asoslanib ”ArsTechnica" yozmoqda.

Tahlilchilarning fikriga koʻra, bu 2022-yilda chiqariladigan “iPhone” dizaynidagi eng muhim oʻzgarish boʻladi.

“Apple” ilgari smartfonlar ishlab chiqarishda titandan foydalanmagan. Hozirgi “iPhone 12 Pro” modellarida zanglamaydigan poʻlatdan ishlatilgan. Yangi material qirilishga, korroziyaga, egilishga ancha chidamli va shuningdek, poʻlatdan engilroq. Taʼkidlanishicha, bu yerda gap smartfonning metall qirralari haqida gap ketmoqda. “MagSafe” simsiz quvvat olish tizimini qoʻllash uchun smartfonning orqa qismi oynadan yasaladi.

Xabarlarga koʻra, “Apple” “iPhone 13” modelini joriy yilning kuzida taqdim etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер