Intensiv usul ikki barobar tez hosilga kirish imkonini beradi
Paxtobod tumanidagi “Madaniyat” qishlogʻida “Ziyo Fayz Boʻston” fermer xoʻjaligi tomonidan tashkil etilgan 12 gektar maydondagi yongʻoq koʻchatlari intensiv usulda parvarishlanmoqda.
— Bu usulda parvarishlangan koʻchatlar mahalliy koʻchatlarga nisbatan ikki barobar tez hosilga kiradi,-deydi biologiya fanlari nomzodi Abdusattor Axrorov. — Buning uchun parvarish davomida agrotexnik qoidalarga toʻgʻri rioya qilinsa bas.
“Ziyo Fayz Boʻston” yongʻoqzorlarida Turkiya davlatidan olib kelingan 3450 tup yongʻoq koʻchatlari parvarishlanmoqda. 1 mlrd. 200 ming soʻmlik ushbu loyiha tufayli yiliga 17 ming tonna hosil olish koʻzda tutilgan.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring