Insoniyat qoʻlida oʻqlangan qurol bor — Antoniu Guterrish
Foto: Ichiro Mae/UN Photo
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Yaponiyaning Xirosima shahrida atom bombardimonining 77 yilligiga bagʻishlangan marosimda ishtirok etdi.
Butun dunyo boʻyicha arsenallarda qariyb 13 ming yadro quroli bor, dedi oʻz nutqida Antoniu Guterrish. BMT rasmiy saytiga joylangan maʼlumotlarga koʻra, Bosh kotib yangi qurollanish poygasi avj olayotganidan ogohlantirgan.
Dunyo rahbarlari yuz milliardlab dollar sarflab, zaxiralarni koʻpaytirmoqda. Bundan tashqari, uning taʼkidlashicha, “jiddiy yadroviy oqibatlarga olib keladigan inqirozlar jadallik bilan tarqalmoqda”.
“Yadro quroliga ega davlatlar yadroviy urush ehtimoliga yoʻl qoʻyishi mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas. Insoniyat qoʻlida oʻqlangan qurol bor”, — dedi BMT bosh kotibi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring