Inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi vositalarni sotgan shaxslar qoʻlga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor va Uchtepa tumani boʻlimlari, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda muqaddam sudlangan fuqaro E.B. fuqaro T.K.ga 600 dona “Keto coffee mix” nomli hamda fuqaro A.Yu. va boshqalar fuqaro Sh.D.ga 300 dona “S F. Slim Coffee” nomli inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi vositalarni sotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat tezkor tadbir xodimlari tomonidan nazoratga olinib, inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi vositalarni ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Shu kabi yana bir holat, Buloqboshi tumanida ham aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro A.X. 5 dona “Tropikamid” va 4 dona “Regapen” nomli dori vositalarini sotgan vaqtida ushlanib, yonidan 12 dona “Regapen” nomli dori vositasi topilgan hamda ashyoviy dalil sifatida olingan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyilada Departament xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring