Inson huquqlari sohasida muhim qadam

11:54 24 Fevral 2021 Siyosat
884 0

Oʻzbekiston BMT Inson huquqlari boʻyicha kengash aʼzosi sifatida ushbu sessiyada ilk marotaba ishtirok etmoqda. Buning bir eʼtiborga molik jihati ushbu BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutqi bilan ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Prezidenti qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surdi, jumladan qiynoqlarga qarshi Konvensiyani protokolini ratifikatsiya qilish, shuningdek NNT va OAV uchun yangi kodekslarni tayyorlash. Shu bilan birga prezidentimiz gender tenglik boʻyicha, imkoniyati cheklangan shaxslarning oʻz qobiliyatini toʻla roʻyobga chiqarish masalalari boʻyicha Mintaqaviy kengash tuzishni hamda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Yoshlar huquqlari boʻyicha butunjahon konferensiyasini oʻtkazish takliflarini ilgari surdi. Bundan tashqari davlatimiz rahbari oʻz soʻzida BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining oʻninchi forumida Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya loyihasini taqdim etish, shuningdek, Yoshlar huquqlari boʻyicha maxsus maʼruzachi institutini taʼsis etish masalasini kiritishga tayyorgarlik koʻrilayotganiga ham toʻxtalib oʻtdi.

«Oʻzbekiston Inson huquqlari boʻyicha kengash aʼzosi sifatida xalqaro huquqning inson huquqlariga oid umum eʼtirof etilgan prinsip va normalarini qatʼiy himoya qiladi va faol ilgari suradi» – deya taʼkidladi Prezident.

Oʻzbekistonning inson huquqlari sohasidagi yutuqlari bu, avvalambor, oxirgi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida butun xalqimiz yangi Oʻzbekistonni bunyod etish uchun shiddatli va keng qamrovli islohotlarni izchil amalga oshirayotganidan dalolatdir. Ana shu tizimli islohotlar talabi, jumladan, mamlakatda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmini yana-da takomillashtirish masalasini kun tartibiga qoʻydi.

Jumladan ushbu qisqa davr ichida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi qabul qilindi (22-iyun 2020-yil). Ushbu farmonida Oliy Majlis palatalariga inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi boʻyicha parlament komissiyasini tuzish tavsiya etilganini alohida taʼkidlash lozim.

Davlat rahbarining ushbu tavsiyasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashi 2020-yil 25-sentyabrda muhim ahamiyat kasb etadigan qoʻshma qaror qabul qildi. Qoʻshma qarorga asosan, Inson huquqlari sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi boʻyicha Parlament komissiyasi tuzildi.

Va nihoyat, Oʻzbekiston Oʻzbekiston tarixda birinchi marotaba uch yil muddat mobaynida BMTning Inson huquqlari boʻyicha Kengashiga aʼzo 47 davlatdan biri sifatida faoliyat yuritadi.

Prezidentimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson huquqlari yoʻlida harakatga daʼvat” tashabbusini ilgari surish uchun Kengash aʼzolari, barcha sheriklar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Muxtabar Husanova,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер