Innoweek.uz: Eron va Oʻzbekiston innovatsiyalar borasidagi hamkorlikni kuchaytiradi
Bugun Eron Islom Respublikasining Ilm-fan, texnologiyalar va bilimga asoslangan iqtisodiyot boʻyicha vitse-prezidenti Ruxolloh Dehqoni Feruzabadini Oʻzbekistonga keldi. Rasmiy mehmonni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov kutib oldi.
Shundan soʻng delegatsiya vakillari Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Inno” Innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki faoliyati bilan tanishdi.

Keyingi manzil esa Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyi boʻldi.
Tashrif davomida Ibrohim Abdurahmonov hamda Eron vitse-prezidenti ikki mamlakat hamkorligi, texnologiyalar transferi yoʻnalishidagi yutuqlar va muammolarni muhokama qilishdi.
Kelgusida hamkorlik yanada rivojlantirish xususida takliflar berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring