Innovatsion rivojlanish vazirligi Jahon banki vakillari bilan onlayn muloqot olib bordi

13:12 03 Aprel 2020 Iqtisodiyot
1122 0

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi 1 aprel kuni Jahon banki vakillari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Onlayn uchrashuvda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Innovatsion rivojlanish vazirining Xalqaro maslahatchisi Yerbol Suleymenov, vazirlikning Tijoratlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Jamoliddin Boboxonov ishtirok etdi. Jahon banki tomondan Loyihalar rahbarlari Paulo Korrea va Yeralы Beksultan hamda Xususiy sektor bo‘yicha mutaxassis Gauxar Ospanova qatnashdi.

Tomonlar O‘zbekistonda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Mazkur loyiha amaliy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan bo‘lib, tadqiqotlarning sifat va dolzarblik jihatdan yuqori darajada bo‘lishiga xizmat qiladi.

Onlayn muloqot davomida loyihani amalga oshirish uchun avans mablag‘larini taqdim etish uchun uchun shartnoma imzolash to‘g‘risida muzokaralar olib borildi. Shuningdek, koronavirus pandemiyasi munosabaьti bilan avans mablag‘laridan COVID 19 koronavirusiga qarshi kurash va uning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan loyihalarga sarflash masalasi muhokama etildi.

O‘z navbatida Innovasion rivojlanish vazirligi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va respublikada COVID-19 koronavirusga qarshi samarali kurashish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Onlayn muloqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha konsyepsiyani 2020 yilning may oyigacha tayyorlanishiga kelishib olindi. Tomonlar loyihani tezroq ishga tushirish uchun hamkorlikdagi ishlarni yanada tezlashtirish lozimligini qayd etdilar. Jahon banki koronavirusga qarshi kurashga doir loyihalarni moliyalashtirishni qo‘llab quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер