Innovatsion infratuzilma subyektlari soni 3 baravarga oshiriladi
“2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan 2022-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi.
Kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jadal oʻsishini taʼminlash Strategiyaning asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, Farmonga muvofiq Strategiyani amalga oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari hamda hududlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlar tasdiqlandi.
Maqsadli koʻrsatkichlar doirasida:
— innovatsion faoliyat subyektlari soni 613 tadan 2 250 tagacha yetkaziladi;
— innovatsion infratuzilma subyektlari soni 3 baravarga oshiriladi;
— innovatsion tadbirkorlik natijasida yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soni 4 baravarga oshiriladi.
2022-yil 1-avgustdan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishda “tarmoq-hudud-ilmiy/oliy taʼlim tashkilot” zanjirining yaxlit tizimi joriy etiladi.
2022-yil 1-avgustdan “tubdan yangilovchi” innovatsiyalar yaratishni ragʻbatlantirishning quyidagi tizimi joriy etiladi:
— mahalliy ilmiy tashkilotlar va korxonalarga innovatsion tovarlar boʻyicha davlat organlari bilan shartnomalarni toʻgʻridan-toʻgʻri imzolash huquqi beriladi;
— ustav fondida 50 va undan koʻp foiz davlat ulushi bor xoʻjalik jamiyatlarida foyda soligʻini toʻlagungacha uning 10 foizgacha ajratmalaridan Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi. Bunda:
➖mablagʻlar “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarni yaratishga va joriy qilishga yoʻnaltiriladi;
➖Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar portfeli Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring