Indoneziyaning mashhur telekanallarida O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ib etilmoqda

15:24 08 Avgust 2023 Dunyo
838 0

Mamlakatimizga kirib keluvchi xorijlik sayyohlar sonini 7 mln nafardan oshirish, bu borada O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijda keng targ‘ib etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Indoneziyaning yirik media tarmog‘i hisoblangan (SCTV) “Surya Citra Televisi” telekanali orqali yurtimiz turizm imkoniyatlarini o‘zida aks ettirgan videoroliklar namoyish etildi.

Ma’lumot uchun, “SCTV” telekanali ijodkorlari tomonidan Janubi-sharqiy Osiyoda yashovchi musulmon aholi uchun mamlakatimizni ommaviy sayyohlik yo‘nalishi sifatida e’tiborini jalb etishda Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida ziyorat turizmi salohiyati haqida ham dasturlar tayyorlangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер