“IndiGo” aviakompaniyasi Dehlidan Toshkentga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻymoqda

18:11 15 Avgust 2023 Jamiyat
573 0

Hindistonning “IndiGo” aviakompaniyasi Dehli va Toshkentni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻlaydi.

Dehli — Toshkent — Dehli yoʻnalishi boʻyicha birinchi muntazam yoʻlovchi reysi 2023-yil 6-sentabrga belgilangan. Reyslar shinam Airbus A320 va A321 samolyotlarida haftasiga toʻrt marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

IndiGo — bosh qarorgohi Hindistonning Gurgaon shahrida joylashgan hind xususiy loukoster aviakompaniyasi. Kompaniya muntazam qatnovlar va samolyotlar soni boʻyicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер