Import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar

11:38 04 Oktyabr 2022 Jamiyat
829 0

Foto: Xalq so‘zi

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi “Yorqin Xurshid tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻtgan yilda qiymati 700 ming AQSH dollari boʻlgan biznes loyihani amalga oshirgan va 50 ta ishchi oʻrni yaratgan edi.

— Mazkur korxonada avtomobil oʻrindiqlari uchun gʻiloflar ishlab chiqarilmoqda, — deydi “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi boʻlim boshligʻi J. Joʻrayev. — Ahamiyatli jihati shundaki, bu import oʻrnini bosuvchi mahsulot sanaladi. Кorxona yiliga 132 ming dona gʻilof tayyorlash quvvatiga ega.

Ushbu erkin iqtisodiy zonadagi yana bir korxona mahsulotlari eʼtiborni tortmay qolmaydi. Biz “BEK Bags business” masʼuliyati cheklangan jamiyatini nazarda tutayapmiz. Bu yerda turli oʻlcham va dizayndagi sumkalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Ular oʻzining pishiq – puxtaligi bilan xorijnikidan aslo qolishmaydi.Qiymati 500 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu biznes loyiha tufayli 74 ta ayollarbop ish oʻrni yaratildi. Xom ashyoning asosiy qismi ichki bozordan olinyapti. Yiliga 100 ming donadan ziyod chiroyli koʻrinishdagi rang-barang sumkalar tayyorlanmoqda.

Aytish joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-yanvardagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi doirasida Buxoro viloyatida joriy yilning sakkiz oyida 705,7 milliard soʻmlik import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarildi. Yil yakuni bilan bu koʻrsatgich 1,1 trillion soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер