Imkoniyat doirasi kengaydi
Davlatimiz rahbarining 2018-yil 17-18-may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida hududlarni kompleks rivojlantirish xususida bergan koʻrsatmasi ijrosini taʼminlash yuzasidan Ulugʻnor tumanida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi harakatlar koʻlami ayniqsa, Vazirlar Mahkamasining “Ulugʻnor tumanini 2018-2020-yillar davomida kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroridan soʻng yana-da keng tus oldi. Jumladan, kuni kecha tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
— Maskanda sohaga oid barcha texnik vositalar mavjud boʻlib, mutaxassislarning xizmat faoliyatini shakllantirishlari uchun yetarli sharoitlar yaratildi, — deydi viloyat SEO va JS boshqarmasi Matbuot xizmati xodimi Feruzaxon Xoʻjamberdiyeva. — Bu hududda sanitariya holatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
“Andijon ixlos qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2 mlrd. 800 ming soʻm mablagʻ evaziga olib borilgan qurilish va taʼmirlash ishlaridan soʻng bino nafaqat, soha uchun qulay maskanga, balki tuman koʻrkiga ham aylandi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring