Ilmiy tadqiqotlar orqali eng koʻp mablagʻ ishlab topgan OTMlar nomi ochiqlandi
Ilmiy tadqiqotlar orqali eng koʻp mablagʻ ishlab topgan oliy taʼlim muassasalar nomi eʼlon qilindi. Xususan, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent davlat agrar universiteti ilmiy tadqiqotlar orqali eng koʻp mablagʻ ishlab topgan OTM ekani ochiqlandi.
Shuningdek, mablagʻ ishlab topmagan oliy taʼlim muassasalar etib Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti qayd etildi.
Bu haqda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida oliy taʼlim muassasalari milliy reytingini eʼlon qilishga bagʻishlangan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring