Ilmiy laboratoriyalar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha bitim imzolandi
23-oktabr kuni Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova boshchiligidagi mutasaddilar Guanjao shahri fan va texnika boshqarmasi boshligʻi Van Guylin rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, universitetlar, ilmiy muassasalar va laboratoriyalar oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish maqsadga muvofiqligi belgilab oʻtildi. Shuningdek, tomonlar ilmiy laboratoriyalar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha fikr almashdilar.
Uchrashuv soʻngida Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilgʻor texnologiyalar markazi va “Guangzhou Youdi Biotechnology Co., Ltd.” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha Bitim imzolandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring