Ilk marotaba Uxanda koronavirus yuqtirish holati qayd etilmadi

10:18 19 Mart 2020 Dunyo
1546 0

Uxan shahrida (18-mart) kun davomida birinchi marta hech kim koronavirusni yuqtirmadi. Bu haqda Xitoy sogʻliqni saqlash milliy komissiyasi xabariga tayanib rbc.ru maʼlum qildi. Uxan shahri joylashgan Xubey provinsiyasidan tashqarida ham oʻlim holati qayd etilmagan. Faqat 34 ta infeksiya yuqtirish holati qayd etilgan.

“Xitoyning markaziy provinsiyasida kuniga 795 davolangan bemor shifoxonalardan chiqarilgan“, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер