Iliya Topuriya yengil vazn toifasida UFC chempioni boʻldi
Amerika Qoʻshma Shtatlarining Las-Vegas shahrida UFC317 turniri boʻlib oʻtdi.
Musobaqaning markaziy jangida ikki sobiq chempion — gruziyalik Iliya Topuriya hamda Braziliya vakili Charlz Oliveyra yengil vazn toifasi chempionlik kamari uchun oktagonga koʻtarildi.
Rossiya vakili Islom Maxachev vakant qilib qoldirgan titul uchun kechgan jang 5 raundga moʻljallangan edi, biroq Topuriya Oliveyrani ilk raunddayoq nokaut orqali taslim qildi. U shu tariqa yengil vazn toifasida yangi chempionga aylandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring