Ikki oyda 175 trln soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan
2026-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonda 175 trln soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi respublika boʻyicha 4,6 million soʻmni tashkil etgan. 2026-yil 1-mart holatiga koʻra, respublikamizda 61,8 mingta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 7,7 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring