Ikki nafar oʻsmir yigitga amaliy yordam koʻrsatildi
Kecha, 6-avgust kuni soat 16:30 da Toshkent viloyati FVBga “Qorasuv” daryosining Oʻrtachirchiq tumani hududidan oqib oʻtuvchi qismida ikki nafar oʻsmir yigit qolib ketganligi va ularga yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borgan. Maʼlum boʻlishicha, ikki nafar oʻsmir yigit daryo suvining sathi pastligidan foydalanib daryoning markaz qismida baliq ovlamoqchi boʻlishgan. Bir ozdan soʻng suv sathi koʻtarilib, oqim tezlashganligi bois, yigitlar qirgʻoqqa chiqa olmagan.
Qutqaruvchilarning saʼy harakatlari natijasida yigitlar sogʻ-salomat qirgʻoqqa olib chiqilib, yaqinlariga topshirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring