Ikki davlatda parranda grippi keng tarqalmoqda

16:47 05 Fevral 2020 Dunyo
1891 0

Arxiv surat

Saudiya Arabistoni va Vyetnamda yuqori patogenli parranda grippi avj olgani qayd etildi. Bu haqda Jahon jonivorlar salomatligini himoya qilish tashkiloti (OIE) maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Ria Novosti.

Saudiya Arabistoni qishloq xoʻjaligi vazirligi boʻlim boshligʻi Sanad Alharbiyning maʼlumot berishicha, qirollikning markaziy qismidagi parranda fabrikasida H5N8 grippi tarqalganligini aniqlangan. Kasallikdan 22,7 ming bosh parranda halok boʻlgan, 385 ming boshdan ortiq parranda soʻyilgan.

Vyetnam qishloq xoʻjaligi vakili Xitoy bilan chegaraga yaqin boʻlgan qishloqda H5N6 grippi tarqalganini maʼlum qildi. Qayd etilishicha, bu yerda 3 ming bosh parrandadan 2,2 ming boshi halok boʻlgan.

2015-yilda AQSHning Ayova va Minnesota shtatlarida avj olgan parranda grippi oqibatida iqtisodiyotga 1 mlrd. dollar zarar yetgandi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, parranda grippi koʻpincha yaqqol simptomlarsiz kechuvchi qushlar yuqumli virus kasalligi hisoblanadi. Baʼzi hollarda virus odamlar va hayvonlarda kasallik yoki simptomlarsiz infeksiyalar keltirib chiqarishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер