Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi sessiyasi yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi Bunyodkor mahallasiga kutilmagan tashrifni amalga oshirdi.
Davlat rahbari mahalladagi qoniqarsiz holat sabab Namangan shahri hokimi Olim Isayev va shahar prokuroriga qattiq tanbeh berdi.
«Ikkalang ham noinsofsan! Bu yoqqa kel, sen, noinsof (Isayevga.tahr). Nima bu, men seni nega bu yerga olib kelganman? Nima bu? Basharangni qara, mana shu seni basharang. Ikkoving ham qanday vijdon bilan majlisda oʻtirding? Qachon odamlarning dardi bilan yashaysan, sen Isayev?», dedi Prezident.
Prezident Isayevdan qancha vaqtdan beri hokimligini soʻragan, u esa “10 oy” deya javob bergan. Davlat rahbari sektor rahbarlarining izohi va uzrini ham eshitdi.
“U gaplarni men koʻp eshitganman. Agar men osmondan tushgan Prezident boʻlganimda edi seni gapingga ishonardim”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, Prezident mahalla raisiga ham qattiq tanbeh bergan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring