IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga yangi boshliq tayinlandi
Umarxonov Azizxon Sharipxonovich Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan Umarxonov Azizxon Sharipxonovich Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlangan.
Mazkur tayinlovga qadar u Toshkent shahri Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Umarxonov 2000-yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan va shu yillar davomida tizimda samarali faoliyat yuritgan. U 2020-yildan 2021-yilning avgustiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring