IHTga aʼzo davlatlarning yuqori mansabdor shaxslari kengashi yigʻilishi oʻz ishini boshladi

13:16 23 Yanvar 2023 Siyosat
451 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2023-yilning 23-yanvar kuni Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) aʼzo davlatlar yuqori mansabdor shaxslari kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻz ishini boshladi.

Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari, Ozarbayjon, Turkiya, Eron va Pokiston delegatsiyalari hamda IHT Kotibiyati ishtirok etmoqda.

Yigʻilishni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari F.Sidiqov va tashkilot Bosh kotibi H.Noziri ochib berdi. IHT Bosh kotibi mazkur uchrashuvni oʻtkazish boʻyicha olib borilgan tashkiliy va mazmunli ishlarni yuqori baholab, mintaqaviy hamkorlik yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

Bugun kun davomida tadbir ishtirokchilari 24-yanvar kuni Toshkentda boʻlib oʻtadigan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 26-yigʻilishini amaliy darajada muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun zarur tayyorgarlik ishlarini olib boradilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер