“Ibrat” filmining katta premyerasi boʻlib oʻtdi
«Oʻzbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Kinomaniya» studiyasi tomonidan suratga olingan “Ibrat” filmining premyerasi yangicha koʻrinishdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida tantanali ravishda boʻlib oʻtdi.
Tarixshunos, tilshunos olim, jadidchi Isʼhoqxon Ibrat haqidagi film 4-oktyabr kuni oʻtkazilgani bejizga emas. 82 yil avval aynan shu kuni yurtimizning koʻplab maʼrifatparvar jadidlari qatagʻon qilingan kun. Shu munosabat bilan ularning xotiralari yod etildi.
Tadbirda «Oʻzbekkino» MA bosh direktori birinchi oʻrinbosari Shuhrat Rizayev, film rejissyori Jahongir Qosimov, Oʻzbekiston xalq artisti Saidkomil Umarov va boshqalar soʻzga chiqishdi.
“Ibrat” filmini yurtimizning barcha kinoteatrlarida tomosha qilishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring