“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi sotuvga qoʻyildi

15:34 24 Dekabr 2021 Jamiyat
1029 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PF–6167-son (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi PF-6273-son Farmoni bilan kiritilgan qoʻshimchalar bilan), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Davaktiv agentligi yoki Sotuvchi) “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasini (keyingi oʻrinlarda – Mehmonxona yoki Aktiv) oshkora raqobat tamoyillariga asoslangan savdo jarayoni orqali sotilishini eʼlon qildi.

Bu haqda Davaktiv agentligi maʼlum qildi.

Ushbu Savdo jarayoniga “KPMG Valuation and Consulting” MCHJ (keyingi oʻrinlarda – KPMG), aktivni xususiylashtirish boʻyicha eng yaxshi takliflarni tanlash asosida, eksklyuziv moliyaviy maslahatchi sifatida jalb etilgan.

Mehmonxona haqida qisqacha maʼlumot:

— Besh yulduzli “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi 2016-yilda Toshkent markazida tashkil topgan va “Hyatt” xalqaro brendining Oʻzbekistondagi birinchi mehmonxonasiga aylangan;

— U Oʻzbekistonda xalqaro mehmonxonalar tarmogʻi boshqaruvida boʻlgan yagona besh yulduzli mehmonxonadir;

— Mehmonxona shahar markazida, Toshkentning asosiy diqqatga sazovor joylariga qulay va yaqin masofada joylashgan;

— Umumiy yer maydoni 3,1 gektar, bino va inshootlar maydoni 60,1 ming kvadrat metrni tashkil etadi;

— Mehmonxona 8 qavatdan iborat boʻlib, mijozlar uchun 300 ta xona, jumladan, 248 ta standart va 52 ta lyuks/yarim lyuks xonalarni mavjud;

— Mehmonxona hududida xalqaro sifat standartlari darajasida jihozlangan turli sigʻimdagi bir nechta konferensiya zallari, shuningdek, 850 kvadrat metr maydonga ega banket zali, yopiq basseyn va SPA markazi mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер