Huriniso aya endi kelin tushirmoqchi

Yangiyo‘l shahridagi «Yangihayot» ko‘chasida yashovchi Huriniso aya Rahimovaga 3 xonali uy berildi. Endi u to‘y taraddudini ko‘rmoqda... Yolg‘iz o‘g‘lini uylantirmoqchi.
Ikkinchi guruh nogironligi bor aya yolg‘iz o‘g‘li bilan bir xonali uyda yashab kelardi. Farzandini o‘qitdi, ishli qildi. Topganlarini yaxshi niyat bilan to‘yga atadi.
Lekin bir xonali uyga kelin tushirib, ikki oila bo‘lib yashab bo‘lmasligi onaizorni ko‘p qiynadi. Bormagan eshigi, kirmagan idorasi qolmadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangiyo‘l shahridagi Xalq qabulxonasiga qilgan murojaati joniga oro kirdi. Onaning iltimosi qanoatlantirildi.
Huriniso Rahimova bu safar Xalq qabulxonasiga shikoyat bilan emas, tashakkurnoma yozib keldi. Unda o‘ziga o‘xshagan ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan beqiyos g‘amxo‘rlik uchun mamlakatimiz rahbariga bildirilgan samimiy minnadorlik so‘zlari bitilgan edi.
Rahmatilla SHERALIYEV,
«Xalq so‘zi» muxbiri.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring