Huquqshunoslar va hisobchilar xizmatiga boʻlgan talab sezilarli darajada oshgan

10:56 21 Dekabr 2023 Jamiyat
280 0

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-oktyabr oylari natijalariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 1015,7 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,8 % ga oshgan.

Hududlar kesimida huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi:

Qoraqalpogʻiston R. – 10,5 mlrd soʻm

Andijon viloyati – 12,4 mlrd soʻm

Buxoro viloyati – 13,9 mlrd soʻm

Jizzax viloyati – 5,2 mlrd soʻm

Qashqadaryo viloyati – 13,4 mlrd soʻm

Navoiy viloyati – 8,9 mlrd soʻm

Namangan viloyati – 14,3 mlrd soʻm

Samarqand viloyati – 27,4 mlrd soʻm

Surxondaryo viloyati – 4,5 mlrd soʻm

Sirdaryo viloyati – 4,4 mlrd soʻm

Toshkent viloyati – 33,2 mlrd soʻm

Fargʻona viloyati – 22,6 mlrd soʻm

Xorazm viloyati – 13,8 mlrd soʻm

Toshkent shahri – 831,2 mlrd soʻm.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер