Huquqiy aksiya davomida 111 mlrd. soʻmdan ortiq pul mablagʻlari undirib berildi — Adliya vazirligi
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida joriy yilning 2-30-iyun kunlari “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi oʻtkazildi.
Aksiyaning maqsadi:
- mahallabay ishlash tizimi amaliyotini yanada kuchaytirish va ommalashtirish;.
- fuqarolarning qonunchilikda belgilangan huquq va manfaatlarini roʻyobga chiqarilishini taʼminlash;
- tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ommaviy sayyor qabullar oʻtkazish orqali fuqarolarni uzoq vaqtlar davomida qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish;
- fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashga doir chora-tadbirlar koʻrish;
- fuqarolarning jamiyatdagi huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish.
Aksiya doirasida jami 2 minga yaqin (1 998 ta) ommaviy sayyor qabullar tashkil etildi.
Sayyor qabullarning 1 200 ga yaqini mahallalarda, 600 dan ortigʻi tashkilotlar va muassasalar binolarida hamda 200 dan ortigʻi esa boshqa joylarda tashkil etilgan.
Sayyor qabullarda jami 59 minga yaqin fuqarolar ishtirok etgan.
Aksiya doirasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 13 800 ga yaqin (13 766 ta) murojaatlar kelib tushgan.
Mazkur murojaatlardan 5 400 ga yaqini joyida hal etilgan boʻlsa, 5 mingdan ortiq murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgan hamda 3 200 dan ortiq murojaatlar koʻrib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilingan.
Ish yurituvga qabul qilingan murojaatlarning 1 500 ga yaqini qanoatlantirilgan, 1 minga yaqin murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgan va 200 ga yaqin murojaatlar tegishliligiga koʻra vakolatli tashkilotlarga yuborilgan. 700 dan ortiq murojaatlar ish jarayonida jarayonida.
Aksiya doirasida adliya organlari tomonidan 1 400 ga yaqin (1 391 ta) monitoring tadbirlari tashkil etilgan.
Aksiyasi davomida adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquqlarini taʼminlash yuzasidan 2 500 ga yaqin huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilgan.
Xususan, tegishli tashkilotlarga 379 ta taqdimnoma, sudlarga 21 mlrd soʻmga yaqin miqdordagi 635 ta daʼvo arizalari, tegishli organlarga 178 ta maʼmuriy takliflar hamda 1 200 dan ortiq ogohnomalar kiritilgan.
Koʻrilgan huquqiy taʼsir choralar natijasida 111 mlrd. soʻmdan ortiq (111 423 mln soʻm) pul mablagʻlari tegishli shaxslarga undirib berilib,
960 ta hujjat (qaror)lar bekor qilinishi taʼminlangan. 148 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka hamda 69 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Aksiyasi doirasida oʻtkazilgan ommaviy sayyor qabullar davomida fuqarolarga 10 mingdan ortiq (10 261 ta) sayyor (davlat) xizmatlari koʻrsatilgan.
Mazkur xizmatlarning 8 335 tasini davlat xizmatlari, 992 tasini FHDY xizmatlari, 285 tasini notarius xizmatlari hamda 649 tasini esa boshqa xizmatlar tashkil etgan.
Bundan tashqari, Aksiya doirasida adliya organlari tomonidan 8 minga yaqin huquqiy targʻibot tadbirlari tashkil etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring