Hududlardagi 33 mingta transformator, 122 ming kilometr elektr tarmoqlari eskirgan

19:22 31 Oktyabr 2023 Siyosat
242 0

Yigʻilishda energetika tizimining kuz-qish mavsumiga tayyorligi koʻrib chiqildi.

Soʻnggi besh yilda tarmoq va transformatorlarni modernizatsiya qilishga 4 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ ajratilgani taʼkidlandi.

Lekin, ayrim viloyat hokimlari oʻzlari harakat qilib, mahallalarda transformator va tarmoqlarni yaxshilashga, kuz-qishni betalafot oʻtkazish uchun mablagʻlar, transformator, sim va boshqa ehtiyot qismlar zaxirasini shakllantirishga yetarli eʼtibor qaratmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Umuman, hududlardagi 33 mingta transformator, 122 ming kilometr elektr tarmoqlari eskirgan, oqibatda ishlab chiqarilgan elektrning 12 foizi yoʻqotilgan. 20 ta tumanda elektr yoʻqotishlari hajmi respublika koʻrsatkichidan 1,5 barobar yuqori.

Shu munosabat bilan Energetika vazirligiga hududlarda eskirgan transformator va tarmoqlarni yangilash boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqish, viloyat hokimlari va prokurorlariga dasturni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

2026-yilga borib jami yoʻqotishlar hajmini 8 foizga tushirish shartligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер