Hududlarda ilk bor kam invaziv usulda bolalarda ezofagoplastika jarrohlik amaliyoti yoʻlga qoʻyildi
Bugungi kunda mamlakatimizda tibbiyot sohasi, jumladan, bolalar xirurgiyasi yoʻnalishi jadal rivojlanib bormoqda.
Ushbu hayotiy muhim sohaning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirish, bemorlarga xalqaro andozalarga mos tibbiy yordam koʻrsatish borasida katta ishlar amalga oshirilyapti.
— Prezidentimizning 2021-yil 28-iyuldagi tegishli qaroriga asosan Respublika bolalar kam invaziv va endoskopik xirurgiya ilmiy-amaliy markazi zamonaviy texnik uskunalar bilan taminlandi, — deydi ushbu muassasa direktori Bobir Abdusamatov. — Ayni paytda markazimiz mutaxassislari ishtirokida hududlarda muntazam ravishda tibbiy koʻriklar, jarrohlik amaliyotlari, seminar va mahorat-darslari oʻtkazib kelinmoqda.
Jumladan, 2023-yilning shu davriga qadar hududlarda 1234 nafar aholi tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilib, aniqlangan 398 nafar bemor bolalarning 105 nafarida yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari bajarildi.
Markaz amaliyotiga 9 turdagi: viloyat darajasida 5 ta va tuman darajasida 3 turdagi yangi jarrohlik va diagnostik usullar tatbiq qilinib, umumiy amaliyotlar soni 105 taga yetkazildi.
Shuningdek, viloyatlarda ilk bor kam invaziv usulda ezofagoplastika, tugʻma diafragmal churralar korreksiyasi, qorin boʻshligʻi aʼzolari exinokokkektomiyasi, piyeloplastika amaliyotlari joriy etildi.
Teletibbiyot orqali hududlarda 49-marta tibbiy maslahat, konsilium, namoyish operatsiyalari tashkil qilinib, 182 nafar bemorga yashash joyida davolanish imkoni yaratildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring