“Hozirgi vaqtda samarali vaksinani olish mumkinligiga umid bor. Ammo...” — JSST rahbari

19:49 07 Avgust 2020 Dunyo
1322 0

Illyustrativ surat

Hozirda dunyo boʻylab 200 dan ortiq koronavirus vaksinalari ishlab chiqilmoqda, ularning oltitasi esa allaqachon klinik sinovlardan oʻtmoqda.

Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyses Amerikaning Aspen shahrida boʻlib oʻtgan xavfsizlik forumida maʼlum qildi.

“Bizda hozirda 200 dan ortiq nomzod vaksinalari mavjud. Shundan oltitasi klinik sinovlarda juda yaxshi bosqichda. Hozirgi vaqtda samarali vaksinani olish mumkinligiga umid bor. Ammo klinik tadqiqotlar natijasi maʼlum boʻlmaguncha, vaksinamiz bor deb ayta olmaymiz”, deydi Tedros Adxanom Gebreyses.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер