Hozirda 45 mingdan ziyod mahalliy sanoat korxonalarining bor-yoʻgʻi 7 foizi birjaga oʻz mahsulotini chiqarmoqda
Foto: president.uz
Prezident raisligida tovar-xom ashyo birjasida savdolarni koʻpaytirish, mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda yil yakuniga qadar birjalarga oʻz mahsulotini olib chiqadigan mahalliy tadbirkorlar sonini kamida 2 baravarga, mahsulotlar turini esa 5 baravarga oshirish zarurligi qayd etildi.
Hozirda 45 mingdan ziyod mahalliy sanoat korxonalarining bor-yoʻgʻi 7 foizi birjaga oʻz mahsulotini chiqarayotgani tanqid qilindi.
Jomboy tumanidagi gʻisht ishlab chiqaruvchi korxona oʻz mahsulotini birjaga olib chiqishi natijasida 21 milliard soʻmlik daromad olgan. Uychi tumanidagi beton qorishmasi ishlab chiqaruvchi korxona 10 milliard soʻmlik mahsulotini birja orqali sotgan.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari tomonidan bu tajriba joylarda yoʻlga qoʻyilmagani Prezident tomonidan tanqid qilindi.
24 ta tuman qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashdi. Ushbu tumanlarda joriy yilda umumiy qiymati 1,6 milliard dollarlik 150 ta loyihani amalga oshirish reja qilingan.
Lekin, bugungi kunda gipsokarton, quruq qurilish qorishmalari, lak-boʻyoq, kafel, mix kabi mahsulotlarni birjaga qoʻyish boʻyicha cheklovlar mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring