Hokimlar poytaxtda malaka oshirmoqda

11:29 27 Yanvar 2020 Jamiyat
2029 0

Foto: Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi”.

Ayni paytda poytaxtimizdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari, tuman va shahar hokimlari malaka oshirish oʻquv-seminari boʻlib oʻtmoqda.

10 kunlik mashgʻulotlar davomida tinglovchilar “Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi” asosida “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish”, “Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish”, “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish”, “Qishloq va suv xoʻjaligi hamda chorvachilikni rivojlantirish”, “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” va “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish” kabi yoʻnalishlarda bilim va koʻnikmalarini oshirish imkoniga ega boʻladilar.

Oʻquv-seminari davomida qatnashchilar respublikamizning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarining hududlar boʻyicha tahlili va ilgʻor xorijiy davlatlar tajribalari asosida mavjud muammolar, ularning amaliy yechimlaridan iborat boʻlgan maʼlumotlar hamda Toshkent shahri va viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari bilan yaqindan tanishadilar.

Oʻquv mashgʻulotlar mamlakatimizning har bir sohasidagi yetuk mutaxassislari, vazirlik, idora va tashkilotlarning rahbarlaridan tarkib topgan jami 91 nafar maʼruzachilar tomonidan 40 ta mavzu doirasida 108 ta yoʻnalishda olib boriladi. 

Oʻquv-seminarlari davomida tinglovchilar oʻzlarining hududlariga xos boʻlgan amaliy muammolar yechimiga zamonaviy yondashuvlar va ekspert xulosalariga tayangan holda taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishadi hamda mashgʻulotlar yakuni boʻyicha hududlarni rivojlantirish yuzasidan taqdimotlar oʻtkazishadi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi T. Norboyeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov soʻzga chiqdi va nutq soʻzladi.

Rahim Sherqulov, onlayn.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер