Hokim yordamchilarining kredit ajratish boʻyicha tavsiyasiga endi hokim aralasha olmaydi

01:54 24 Aprel 2023 Siyosat
1303 0

“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (161-son, 19.04.2023-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra:

— oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida aholi va tadbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun 13 trillion soʻm ajratiladi;

— oilaviy dasturlar boʻyicha kreditlarni yillik 14 foiz stavkada ajratish tartibi saqlab qolinadi;

— Hokim yordamchilari tashabbusi bilan baʼzi tadbirkorlarga 50 million soʻmgacha kreditlar garovsiz beriladi;

— kreditlar birinchi navbatda dasturga muvofiq avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi;

— qolaversa, dasturlar doirasida avval kredit olib, undan samarali foydalanib, tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan va kredit toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlagan kichik tadbirkorlarga faoliyatini yanada kengaytirishi ushbu kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat beriladi;

— hokimlar dehqonlarga yerdan unumli foydalanishga va “bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulotlar yetishtirishga va ularni oʻz bozorini topishga koʻmaklashadi;

— “marketpleys” tizimi “Ye-aktiv” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;

— ushbu mahsulotlarning narxlari koʻrsatilayotgan xizmatlar va boshqa omillar hisobiga ichki bozor narxlariga qaraganda asossiz oshib ketmasligini Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi oʻz nazoratiga oladi;

— va eng asosiysi, endilikda hokim yordamchilarining kredit ajratish boʻyicha tavsiya berishiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер