Hokim yordamchilari bilan birgalikda har bir mahallada qurilish brigadalari tuzib, 50 ming aholini daromadli mehnat bilan taʼminlashga topshiriq berildi

19:14 15 Dekabr 2022 Siyosat
1102 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Kelasi yili har bir viloyat hokimi 5-10 ming xonadonli uy-joy qurish rejasini qilib, buning uchun bir oy muddatda yer uchastkalarini auksionga chiqarishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddilarga bir oy muddatda qurilish sohasida 6 oygacha ishga qabul qilish boʻyicha soddalashgan mehnat shartnomalarini ishlab chiqib, kelgusi yilda norasmiy sektordagi 100 ming aholini qonuniy faoliyatga oʻtkazish vazifasi qoʻyildi.

Hokim yordamchilari bilan birgalikda har bir mahallada qurilish brigadalari tuzib, 50 ming aholini daromadli mehnat bilan taʼminlashga topshiriq berildi. Bunda, ularga mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratilishi taʼkidlandi.

Yigʻilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlari yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish va yangi vazifalar ijrosini tashkil etish yuzasidan Prezidentga hisobot berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер