“Hokim bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas” degan norma oʻrnatilmoqda
Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtayotgani maʼlum qilingan edi. Deputatlar qayd etishganidek, avvalgi muhokamalarda Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga boshchilik qilishini nazarda tutuvchi qoida chiqarib tashlangan edi.
Biroq, jamoatchilik tomonidan berilgan takliflarda bunday oʻzgarishning oʻzi yetarli emasligi, yaʼni hokimlar xalq deputatlari Kengashlarida rahbar boʻla olmasligi aniq koʻrsatilishi kerakligi bildirilgan edi.
Shunga muvofiq, “hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning oʻzida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas” degan qatʼiy norma oʻrnatilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring