Hokim afv etilganlar holidan xabar oldi

11:32 07 Sentyabr 2020 Jamiyat
1545 0

Xabaringiz bor, respublikamiz Mustaqilligining 29 yilligi arafasida davlatimiz rahbarining «Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida»gi farmoni eʼlon qilindi. Unga binoan 113 nafar yurtdoshlarimiz jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilib, oilasi davrasiga qaytdilar.

— Respublikamizda hatto amaldagi qonunlarga zid harakatlar sodir etgan fuqarolarga ham insonparvarlik tamoyillarining qoʻllanilishi eng olijanob ishdir, — deydi Andijon shahrida yashovchi Adhamjon Irmatov. — Men ham sodir etgan xatoyim tufayli maʼlum vaqt ozodlikdan mahrum etildim. Afv toʻgʻrisidagi Farmon men kabi yoʻldan adashgan zamondoshlarimizning toʻgʻri yoʻlga kirishlari va bildirilgan ishonchni oqlashlari uchun katta imkoniyat, deb bilaman.

Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarov Adhamjon Irmatov xonadonida boʻlib, uning turmush sharoiti va kelgusi rejalari bilan tanishdi. Uchrashuv mobaynida moddiy yordam koʻrsatilib, salomatligini nazorat qilish va doimiy ish joyiga ega boʻlishi uchun koʻrsatma berildi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер