Hindistonning “Dukaan“ startapi xodimlarning 90 foizini neyron tarmoqqa almashtirgani aytilmoqda
Xabarlarda yozilishicha, Hindistonning “Dukaan“ elektron tijorat startapining bosh direktori Sammit Shah texnik yordam xodimlarining 90 foizini ancha samaraliroq ekanligi isbotlangan chatbot bilan almashtirgan.
Sammit Shahning soʻzlariga koʻra, inson operatorlarini almashtirgan chatbot “Dukaan“ ichida kompaniya xodimlaridan biri tomonidan ikki kun ichida yaratilgan.
Kompaniya rahbarining taʼkidlashicha, bot odamlarga qaraganda bir necha barobar samaraliroq.
Agar operator javobni oʻrtacha 1 daqiqa 44 soniyada tayyorlasa, dastur bir zumda javob beradi. Sammit Shahning soʻzlariga koʻra, bot mijozlar muammosini hal qilish uchun oʻrtacha vaqtni 98 foizga qisqartirgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring