Hindistondagi teraktda qancha odam halok boʻlgani maʼlum qilindi

14:11 23 Aprel 2025 Dunyo
319 0

Foto: AP

Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir hududida yuz bergan otishmada 27 kishi halok boʻldi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi va xavfsizlik idoralari xabar berdi.

Fojia Pahalgam shahrida sodir boʻldi. Bu yerda sayyohlar Baysaron vodiysidagi soʻqmoqqa chiqib ketayotganida qurollangan shaxslar tomonidan oʻqqa tutilgan. Oqibatda kamida 27 kishi halok boʻlgan. Ulardan ikki nafari xorijlik ekani aytilmoqda. Mamlakat rasmiylari tinch aholiga qilingan bu hujumni soʻnggi yillardagi “eng kuchlisi» deb atadi.

Oʻz navbatida, Hindiston ichki ishlar vaziri Amit Shoh hujumga aloqador barcha shaxslarni jazolashga vaʼda berdi. Manbaga koʻra, ushbu hujumni “Qarshilik fronti” guruhi oʻz zimmasiga olgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kashmir hududida sodir boʻlgan terrorchilik harakati oqibatida koʻplab insonlar nobud boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga taʼziya yoʻlladi.

Davlatimiz rahbari qurbonlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga samimiy hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер