Hindistondagi xalqaro koʻrgazmada Oʻzbekiston vakillari 2 million dollarlik eksport kelishuvlariga erishdi

10:13 19 Fevral 2024 Jamiyat
173 0

Hindistonda boʻlib oʻtgan “Acrex India 2024” xalqaro koʻrgazmada Oʻzbekiston vakillari yangi hamkorlar bilan eksport kelishuvlariga erishdi.

40 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etgan hamda sovitish, isitish, ventilyatsiya va intellektual qurilish texnologiyalariga bagʻishlangan mazkur koʻrgazmada “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi aʼzosi, “Infinity Copper Group“ (ICG) kompaniyasi misdan tayyorlangan yuqori qiymatli buyumlarni namoyish etdi.

“ICG“ delegatsiyasi samarali muzokaralar natijasida Hindistonning ikkita kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzoladi. Mazkur kelishuvlar doirasida qiymati 2 million dollarlik mahsulot yetkazib beriladi.

“Infinity Copper Group“ kompaniyasi soʻnggi yillarda mamlakatimizda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti va xalqaro hamkorlik uchun ochilgan keng imkoniyatlardan oqilona foydalanib, raqobatbardosh mahsulotlari bilan xalqaro bozorga dadil kirib bormoqda. Xususan, oʻtgan yil xorij mamlakatlariga qariyb 85 million dollar miqdorida mis quvurlarini eksport qilishga erishildi. Joriy yil AQSH, Yevropa va Afrika davlatlari, shuningdek, Hindistonga ham mahsulot sotish yoʻlga qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер