Hindistonda prezident saylovi boʻlib oʻtmoqda
Foto: Illustrativ foto
Hindistonning amaldagi prezidenti Ram Nat Kovindning vakolat muddati 24-iyulda tugaydi.
Joriy yilning 18-iyul kuni mahalliy vaqt bilan 10:00 dan boshlab barcha darajadagi deputatlar (jami 4800 nafar) Hindistonning yangi 16-prezidentini saylaydilar.
Hindiston saylov qonunchiligiga koʻra prezident 5 yil muddatga saylanadi. Ram Nat Kumar 2017-yilgi saylovda 65 foiz ovoz olgan.
Bu yil saylovda Drapadi Murmu hamda Yashvant Sinha nomzodlari prezidentlik oʻrni uchun kurashmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring