Hindistonda muzlik yorilishi sabab halok boʻlganlar soni 15 kishiga yetdi

14:23 08 Fevral 2021 Dunyo
775 0

Uttarakxand shtatidagi muzlik yorilishi natijasida halok boʻlganlar soni 15 kishiga yetdi.

Politsiya maʼlumotiga koʻra, tunnelning kirish teshigi maxsus texnika bilan kengaytirilmoqda. Jami 15 kishi qutqarilgan, 15 kishining jasadi topilgan. Qutqaruvchilar qolgan ishchilarni izlashmoqda.

Hindiston Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlariga koʻra, muzlik yorilishi sababli Rishiganga daryosi suv sathi koʻtarilgan va 2 ta gidroelektrostansiyani vayron qilgan.

Tabiiy ofatlarni boshqarish markaziga koʻra, taxminan 170 kishi, asosan, gidroelektrostansiya ishchilari bedarak yoʻqolgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер