Hindistonda “Google” 113 million AQSH dollar miqdorida jarimaga tortildi
Foto: Arxiv surat
Hindiston raqobat komissiyasi tomonidan “Google Play” doʻkoni faqat “Google” toʻlov tizimlaridan foydalanishni talab qilganligi uchun jarimaga tortilgan.
Komissiya bayonotiga koʻra ushbu holat monopol xatti-harakatlar deb hisoblanib “Google” kompaniyasi 113 million AQSH dollari miqdorida jarimaga tortilgan.
“Google” kompaniyasi esa qarorni qayta koʻrib chiqishlarini soʻramoqda.
Shunga oʻxshash voqea Janubiy Koreyada sodir boʻlgan va bugungi kunda Janubiy Koreya qonunlariga muvofiq “Google Play” doʻkonida uchinchi tomon toʻlov tizimlarini sinovdan oʻtkazishni boshlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring