Hindistondagi kabi vaziyat dunyoning istalgan mamlakatida kuzatilishi mumkin — JSST

12:56 01 May 2021 Dunyo
1603 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusning yangi shtammini tarqalishi bilan bogʻliq vaziyatni baholadi.

JSSTning Yevropa boʻyicha mintaqaviy direktori Xans Klyugening aytishicha, Hindistondagi kabi vaziyat, “COVID-19»ning yangi shtammining tez tarqalishi dunyoning istalgan mamlakatida yuz berishi mumkin.

“Hindistonda aniqlangan V.1.617 mutatsiyasi hozir JSST tomonidan qiziqish variantlariga qoʻshildi va biz uning tarqalishini koʻrib turibmiz. Hindistondagi kabi vaziyat har qanday mamlakatda yuz berishi mumkinligini anglash juda muhimdir”, deydi Klyuge.

JSST vakiliga koʻra, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanmaslik, ommaviy yigʻilishlarni oʻtkazish hamda emlash qamrovining juda past darajasi oqibatida ana shunday boʻron kelib chiqishi mumkin.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, bir sutkada Hindistonda 379 ming nafardan ortiq odamda infeksiya aniqlangan. Infeksiya bilan zararlangan 3 ming nafardan ortiq bemor hayotdan koʻz yumgan. Mamlakatdagi kasalxonalarda bemorlar uchun joylar tanqisligi, tibbiy kislorod yetishmasligi kuzatilmoqda. Birgina 15-28-aprel kunlari mamlakatda 4 123 442 kishida virus aniqlangan, shu kunlar oraligʻida 29 102 kishi hayotdan koʻz yumgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер