Hindiston armiyasi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda faol ishtirok etmoqda

00:56 25 May 2021 Dunyo
838 0

Hindiston armiyasining Chinar korpusi Jammu va Kashmir ittifoqida koronavirusga qarshi kurashish harakatlariga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Bu jarayon pandemiya boshlangan — 2020-yil mart oyida beri davom etmoqda.

Ikkinchi toʻlqini paytida Chinar korpusi tomonidan Kashmir boʻylab turli xil tadbirlar amalga oshirmoqda. Ular Rangrethdagi 250 kishilik COVID markazining qayta tiklanishi va ikkita 20 kishilik inshootni barpo etishda ham qatnashdi.

Bundan tashqari, sobiq harbiy xizmatchilari koʻngilli tarzda "COVID jangchilari» boʻlib yollangan. Xususan, jami 1412 nafar sobiq harbiy xizmatchi ixtiyoriy ravishda bu jarayonga ishtirok etmoqda. Ular Kashmirdagi COVID infratuzilmasini takomillashtirish, mavjud kislorod taʼminotini koʻpaytirish kabi yumushlarni ham bajarmoqda.

Shuningdek, harbiylar tomonidan “Ratsion” va “COVID” toʻplamlarini tarqatmoqda. Armiya shifokorlari, shuningdek, emlash jarayonlarida ham ishtirok etmoqda.

Armiya muntazam ravishda xayriya patrullarini tashkil qiladi. Ularda hamshiralar bilan birga qishloqlarga boriladi va pandemiyaga qarshi kurashish uchun zarur boʻlgan dori-darmonlarni, niqoblarni, dezinfeksiyalovchi vositalari tarqatiladi. Kashmirda har kuni 50 dan ortiq bunday tadbirlar oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер