Hindiston 5G rivojlantirishda oʻz yoʻnalishini tanlamoqda
May oyi boshida Hindiston mobil aloqa operatorlariga “Ericsson“, ”Nokia, ”Samsung“ va ”C-DOT“ uskunalari bilan 5G sinovlarini amalga oshirishga ruxsat berishini eʼlon qildi. Ushbu bayonot ”Huawei" va boshqa Xitoy uskunalari ishlab chiqaruvchilariga tegishli boʻlmadi. Ularga uskunalarni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish taqiqlanmagan, ammo may oyidagi bayonotdan keyingi xabarlarda keyingi xaridlarning yangi qoidalari uyali aloqa operatorlarining Xitoy uskunalarini ishlatishini rasman toʻsib qoʻyishi haqida shama qilingan.
Simsiz texnologiyalarning keyingi avlodi boʻlgan 5G tarmogʻini rivojlantirish butun dunyoda ustuvor vazifaga aylandi. Hindiston ham hukumat hisob-kitoblariga koʻra, faqat mamlakatda 2035-yilga kelib iqtisodiy taʼsiri 1 trillion dollardan oshadigan infratuzilmani barpo etish poygasida ortda qolishni istamaydi. 5Gni qoʻllab-quvvatlaydigan texnologiya, shuningdek, infratuzilma va elektron boshqaruv tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash orqali Hindistonni rivojlanish yoʻlidagi anʼanaviy toʻsiqlardan xalos etishga yordam berishi mumkin.
Ammo har doim uskunalar kim taʼminlashi kerak degan savol ochiq edi. Va ushbu munozaralar boshlangandan beri, xususan, Xitoyning texnologik kompaniyalariga ushbu tarmoqlarni AQSH xohishiga qarshi qurishlariga ruxsat beriladimi yoki yoʻqmi — Hindiston noaniqlikni saqlab qoldi.
2019-yil dekabr oyida Hindiston aloqa vaziri Ravi Shankar Prasad har kim, shu jumladan “Huawei” ham Hindistonning 5G sinovlarida ishtirok etishi mumkinligini eʼlon qilgan edi. Mamlakat telekommunikatsiya boshqarmasi hattoki “Huawei” va ZTE kompaniyalaridan ularning ishtiroki uchun takliflar oldi. Xabarlarga koʻra, hind hukumati “Huawei”ga xavfsizlik buzilishi toʻgʻrisida jiddiy dalillar boʻlsa, mamlakatda ishlashini taqiqlash huquqini beradigan shartnomani imzolashni taklif qilgan.
Ammo keyinchalik, Nyu-Deli “Huawei” masalasini yaqindan koʻrib chiqish uchun ikkita qoʻmita tuzdi. Birinchisi Hindistonning asosiy ilmiy maslahatchisi ostida yigʻilgan boʻlsa, ikkinchisi mamlakat Ichki ishlar vazirligi va Razvedka byurosi aʼzolaridan iborat edi. Hatto ushbu qoʻmitalarning tarkibi ham Hindiston hukumatining 5G savoliga yondashuvida aniq evolyutsiyani namoyish etadi. Masalan, birinchi qoʻmita Hindistonning Fan va texnologiyalar va tashqi ishlar vazirliklari tomonidan muhim vakolatlarga ega boʻlsa, ikkinchi qoʻmita xavfsizlik masalalariga koʻproq eʼtibor qaratgan.
Xavfsizlik, shubhasiz, tarmoq uskunalaridan josuslik qilish uchun foydalanish imkoniyatini hisobga olgan holda 5G uskunalari uchun yetkazib beruvchilarni tanlashda muhim omillardan biriga aylandi. Amerika Qoʻshma Shtatlari va Avstraliya, ayniqsa,“Huawei” bilan bogʻliq xatarlardan xavotirda. Chunki uning shaffof egalik tuzilishi, Xitoy Kommunistik partiyasiga yaqinligi kabi masalalar bunga dalil qilib koʻrsatilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring