Hilola Umarova taʼlim tizimidagi faol va yosh oʻqituvchilar hamda iqtidorli oʻquvchilar bilan uchrashdi
Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli oʻquvchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Vazir uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan qator savollar, jumladan:
— yoshlarning vazir boʻlish uchun inson qanday xislatlarga ega boʻlish kerakligi;
— soha rahbari sifatida tizimda qanday oʻzgarishlarni amalga oshirgani;
— kelgusi yilga moʻljallangan rejalarning eng muhim uchtasi qaysilar ekanligi;
— joriy yilda amaliyotga joriy etilgan yangi baholash tizimining oʻziga xos jihatlari;
— maktab bitiruv baholarining oliy oʻquv yurtlariga kirishdagi taʼsiri toʻgʻrisidagi koʻplab savollarga batafsil javob berib oʻtdi.
Uchrashuvda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim maktablari faol oʻqituvchi va oʻquvchilari, qator musobaqa va turnirlar gʻoliblari vazirlikning maxsus diplomi hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Maʼlumot uchun: Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri hamda vazir oʻrinbosarlariga biriktirilgan Toshkent shahridagi 41 nafar, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi 146 nafar yoshlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda yoshlarning koʻplab muammolariga ijobiy yechim topilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring