Hech bir inson eʼtibordan chetda emas
“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!”. Bu yilgi istiqlol bayrami — mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik shodiyonalari ayni shu shior ostida keng nishonlandi.
Barcha hududlarda boʻlgani kabi poytaxtimizning Sergeli tumanida ham ushbu qutlugʻ bayram yuqori saviyada tashkil etildi. Eʼtiborlisi, bayram shukuhi toʻxtagani yoʻq, aksincha, xalqimizning yuqori kayfiyati ostida davom etmoqda. Zero, har bir tinch va osuda kunimiz biz uchun bayram, aslida.
Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sergeli tumani boʻlinmasi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamkorligida 1-son tergov hibsxonasida davra suhbati tashkil etildi.

“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida oʻtkazilgan mazkur tadbirda qayd etilganidek, soʻnggi yillarda yurtimizda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Eʼtiborlisi, inson qadr-qimmati, uning shaʼni yanada ulugʻlanmoqda. Shu
Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar bilan birga, Vatanimiz mustaqilligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga hissa qoʻshish, bu yoʻlda sidqidildan mehnat qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani tushuntirildi.

Shu bilan birga, maʼnaviy-maʼrifiy tadbir davomida mahkumlarga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sergeli tumani boʻlinmasi tomonidan davlatimiz rahbarining “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” nomli kitobi hamda boshqa turli xil badiiy kitoblar taqdim etildi.

Tadbir konsert dasturi bilan davom etdi va bu ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
Otabek Yorqinov,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sergeli tumani boʻlinmasi rahbari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring